Huawei 1
Tadbirkorga asossiz hisoblangan 1 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik qo‘mita aralashuvi bilan bartaraf etildi

Raqobat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga joriy yilning oktyabr oyidagi “Sherobod sement zavodi” MCHJning murojaati kelib tushgan.

Ushbu murojaatda “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan “Sherobod sement zavodi” MCHJga tarif rejalarini hisoblashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi hamda oldindan to‘langan mablag‘lar inobatga olinmaganligi, shu sababli asossiz qarzdorlik hisoblanganligi keltirib o‘tilgan.

O‘rganish jarayonida, “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan 2022 yil iyul va avgust oylarida gaz uchun qo‘llanilgan tarif (narx)lar noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlandi.

“Sherobod sement zavodi” MCHJ 2022 yil 3 avgustgacha “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ tarkibiga kirgan. Ushbu vaqtda gaz taʼminotiga oldindan to‘lov qilinganligi hamda “Sherobod sement zavodi” 2022 yilda MCHJ sifatida ajralib chiqqandan so‘ng 2022 yil avgust oyi uchun eski tarif rejasi bo‘yicha bir metr kub uchun 1300 so‘m yechib olinganligi aniqlandi. Aslida esa MCHJ uchun bir metr kub gaz 1000 so‘m etib belgilangan. Shu sababli tadbirkorlik subyektiga ortiqcha 1 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi.

Natijada, mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, asossiz hisoblangan mablag‘ni “Sherobod sement zavodi” MCHJ foydasiga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida qaror va ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122606 | Инструменты