Huawei 1
Toshkentda o‘tkazilgan 50 ming dollarlik turnirda Nodirbek Abdusattorov g‘olib bo‘ldi

Toshkent shahrida mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi Rustam Qosimjonov kubogi—2024 turniri yakuniga yetdi. Shaxmatning rapid yo‘nalishida tashkil etilgan turnir 8—9-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada O‘zbekistonning eng yaxshi shaxmatchilaridan tashqari. Parham Maghsoodloo, Shahriyar Mamedyarov, Aleksandr Grischuk, Richard Rapport kabi tajribali shaxmatchilar qatnashdi. 

8-iyul kuni musobaqaning 5 turi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning birinchi kungi bahslaridan so‘ng Javohir Sindorov 4 ochko bilan yetakchilikni saqlab turgan edi. Bahslarning birinchi kunini Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko bilan yakunladi.

Musobaqaning ikkinchi kunida turnirning qolgan 4 turi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning 8-turida Nodirbek Abdusattorov Rustam Qosimjonovni mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba musobaqaning g‘olibini aniqlab berishda asosiy rol o‘ynadi. 

Musobaqa yakunida Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko bilan turnirning birinchi o‘rnini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Javohir Sindorov egalladi. Undan keyingi o‘rindi 5,5 ochko to‘plagan Shahriyar Mamedyarov, Rustam Qosimjonov hamda Parham Paghsoodloo joylashdi. Ozarbayjonlik shaxmatchi qo‘shimcha ochkolar evaziga 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.  Turnirni omadsiz o‘tkazgan Jahongir Vohidov 9 uchrashuvdan bir ochko to‘plab, so‘nggi o‘rinni egalladi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты