UFC ESPN 53 turnirida Igor Severino va Andre Lima o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi raundda Severino raqibining qo‘lini tishlab oldi va buning uchun u diskvalifikatsiya qilindi. Shundan so‘ng UFC prezidenti Severino bilan shartnomani bekor qilishini ma’lum qildi.
“Bu ikki umidli, mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan jangchilar qarama-qarshiligi edi. Agar siz asabiylashsangiz va jangdan voz kechmoqchi bo‘lsangiz, buning boshqa usullari mavjud. Lekin raqibni tishlash eng yomon variantlardan biridir.
Endi sportchi hayotidagi eng katta imkoniyatni qo‘ldan boy berdi. Undan tashqari katta muammolar bo‘lishini eslatib ham o‘tirmaslik kerak”, — deydi Uayt.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122300 | Инструменты