Huawei 1
UZREPORT TV UFC 254 musobaqasi translyatsiya huquqini xarid qildi

UFC aralash jang san'ati havaskorlari uchun uzoq kutilgan UFC 254 musobaqasini tayyorlamoqda. 24-oktyabr kuni yakkama-yakka jang dunyosidagi asosiy voqealaridan biri bo'lib o'tadi. Unga sayyoramizning eng kuchli kurashchilari yig'iladi.

Musobaqaga bo'lgan katta qiziqish va tomoshabinlar murojaatlarini hisobga olgan holda, UZREPORT TV telekanali O'zbekiston hududida musobaqa translyatsiyasi eksklyuziv huquqini xarid qildi.

Musobaqa Abu Dabi (BAA) shahri yaqinidagi «UFC jangchilar oroli» sport majmuasi tarkibidagi Yas orolida joylashgan «Flash Forum» sport arenasida 24-oktyabr kuni soat 21:00da bo'lib o'tadi.

Musobaqani takroran 25 va 30 oktyabr kunlari soat 22:00da UZREPORT TVda ko'rish mumkin bo'ladi.

Tomoshabinlar oltita unutilmas jangni guvohi bo'lishadi.

Yengil vaznda yengilmas rossiyalik chempion Xabib Nurmagomedov va yengil vazndagi vaqtinchalik chempion amerikalik Djastin Geydji (reytingda 1-o'rinda) o'rtasidagi unvon uchun kurash musobaqaning asosiy voqeasi sifatida rejalashtirilgan.

Yana bir asosiy voqea sifatida o'rta vazndagi avstraliyalik Robert Uittaker (reytingda 1-o'rinda) va amerikalik Djared Kannone (reytingda 3-o'rinda) o'rtasidagi jang rejalashtirilgan.

Turnirning qolgan qatnashchilarning ro'yxati quyidagicha:

Aleksandr Volkov — Uolt Xarris;

Islam Maxachev — Rafael Dos Anos;

Sintiya Kalvillo — Loren Merfi;

Magomed Ankalayev — Ion Kutselaba.

Shunday qilib, shu kuni sizlarni boshidan oxirigacha hayajonli to'qnashuvlar kutmoqda.

Teletomoshabinlarga yorqin taasurot va yaxshi kayfiyatlar tilab qolamiz!

Translyatsiya bosh homiysi - Bizning Uylar Development kompaniyasi.

Izohlar: 20
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • atamanumarov09@gmail.com
    0
    Atamanumarov09 3 yil avval

    Во сколько начинается трансляция?

  • Дима
    0
    Дима 3 yil avval

    Бой Хабиба точно на какое время начинается

  • Nazir
    0
    Nazir 3 yil avval

    Xabibga mufaqiyat tilaymiz

  • Bekzod
    0
    Bekzod 3 yil avval

    Xabib mashg'ulotlarda yaxshi qatnashmagani sabab getji g'alaba qozanishi ishonaman chunki mashg'ulotga ham ko'p narsa bog'liq o'sha laxzalar jang taqdirini hal qiladi jangacha ko'rishguncha

  • Nazokat
    0
    Nazokat 3 yil avval

    Habib Nurmagamedov bugungi janga galaba qozonadi

  • Farrux madartov
    -2
    Farrux madartov 3 yil avval

    Uzreport tv jonli efirida korsatadimi ?

  • AXILERON
    0
    AXILERON 3 yil avval

    Konor getji xammasi bir menimcha 100% xabib yutadi buyag'da gap dzyudo va boks xaqida ketayapti

  • Barkamol
    0
    Barkamol 3 yil avval

    Habib qullab quvatlimiza Habibdan zuri yu karanavirsdan vafot etganlani alamini wunda oladi qarap turingla

  • Gigi del pir
    0
    Gigi del pir 3 yil avval

    Qirol jungle bu Khabib . duo qp soremiz .senga faqat galaba. Justin Gaethje munosib raqib va haqiqiy NKO machine

  • Xoshimjon
    9
    Xoshimjon 3 yil avval

    You Tube dan ham olib beriladimi?

  • Bunyodbek
    5
    Bunyodbek 3 yil avval

    Omad getji

  • Akbarjon
    -1
    Akbarjon 3 yil avval

    Habib faqat g'alaba kutamiz

  • Mahmud
    3
    Mahmud 3 yil avval

    raxmat tashkilotchilarga zo'r bulibdi ishlarizga omad

  • XABIB ga Omaddd
    12
    XABIB ga Omaddd 3 yil avval

    Omad Xabib

    • Javohir
      3
      Javohir 3 yil avval

      XABIB XUD

  • Mirza
    10
    Mirza 3 yil avval

    Бокс ЛомаченкоЛопез трансляция оберила

    • komron qodirov
      1
      komron qodirov 3 yil avval

      uzreport tv juda yaxshi eng zur kanal bu uzreport tv yashavorila uzreport tv ni chiqarganlar hamma ufc 254 uzreport tv da bulishini xohlaydi silarga omad


Tepaga