21 aprel kuni VI Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi. Poytaxt 5,5 mingdan ortiq yugurish sporti havaskorlarini qabul qiladi. Tadbir dasturiga 42 km klassik marafon masofasi, 21 km yarim marafon masofasi hamda 3 va 10 km masofalari kiritilgan.
Marafon arafasida «Kids Run» ommaviy yugurish musobaqasi va skandinavcha yurish bo‘yicha musobaqalar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Marafon umumiy sovrin jamg‘armasi — 720 million so‘m. Shuningdek, ilk marotaba erkaklar va ayollar orasida trassa rekordi uchun asosiy mukofotlardan tashqari, bonuslar taqdim etiladi — marafon masofasi uchun 15 million so‘m va yarim marafon masofasi uchun 10 million so‘m.
Marafonda ishtirok etish uchun Perfend.com platformasida ro‘yxatdan o‘tish va tanlangan masofaga muvofiq holda ishtirokchining start to‘lovini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2024 yil 1 fevraldan 5 aprelgacha davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты