Huawei 2
Vladivostok-2022. O'zbekistonning bugungi medallari soni 4taga yetdi, oldinda yana final

Xabaringiz bor, ayni damda Vladivostok shahrida "Osiyo bolalari" xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Bugun, 30-iyul kungi bahslar davomida yana 2 nafar o'zbekistonlik yosh sportchi medal qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Unga ko'ra, taekvondochi Laylo Zayniddinova -55 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo'ldi va taekvondochilarimizning bugungi medallari sonini 3 taga yetkazib qo'ydi.

Yosh stol tennischilarimiz Shohrux Iskandarov hamda So'g'diyona Ibodullayevadan iborat juftlik mikst dasturida ishtirok etishdi va musobaqaning kumush medallariga sazovor bo'lishdi.

Avvalroq, 2 nafar taekvondochilarimizning musobaqada oltin medallarni qo'lga kiritishgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga