Huawei 1
WBA: Stanionis - G‘iyosov jangi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Yarimo‘rta vazn toifasida litvalik WBA chempioni Eymantas Stanionis (15-0, 9 KO) va uning kamariga majburiy daʼvogar Shahram G‘iyosov (16-0, 9 KO)ning jamoalari jang bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda WBA o‘z saytida xabar berdi.

Kelishuv shartlari hozircha eʼlon qilinmagan. Shu tariqa, bugun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ochiq promouterlik savdosi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Stanionis so‘nggi jangini may oyi boshida Gabriel Maestrega qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. G‘iyosov esa 31 iyul kuni Migel Parra bilan jangda zafar quchgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112116 | Инструменты