Huawei 1
OAV: Germaniya armiyasi nemis biznesini Rossiya bilan urushga tayyorlamoqda

Bundesver Germaniya hukumatining maxfiy rejasiga asoslanib, Rossiya bilan urush boshlangan taqdirda mamlakatning yirik kompaniyalari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishga kirishdi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung (FAZ) nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujjatning “Germaniya operativ rejasi” deb nomlangan asl nusxasi mingga yaqin sahifani o‘z ichiga oladi. Unda urush paytida himoyaga muhtoj bo‘lgan tuzilmalar va infratuzilma obyektlari sanab o‘tilgan. Shuningdek, Rossiyaning NATO sharqiy qanotidagi manyovrlari oqibatida mudofaa yoki keskinlik yuzaga kelganda, Germaniya yuz minglab qo‘shinlar uchun logistika markaziga aylanishi, asbob-uskunalar va dori-darmonlarni yetkazib berish uchun nima qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar mavjud.

FAZʼga ko‘ra, yaqinda Gamburg Savdo palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda harbiylar biznes vakillari bilan bevosita suhbatlashgan va har 100 nafar xodimga kamida beshta qo‘shimcha yuk mashinasi haydovchisini tayyorlashni tavsiya qilgan. Gamburg shtati qo‘mondoni, podpolkovnik Yorn Plishke ham kompaniyalarga avtonomiyaga intilishni, xususan, dizel generatorlari yoki o‘zlarining shamol turbinalaridan foydalanish, favqulodda vaziyatning batafsil rejasini tuzishni maslahat bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112118 | Инструменты