2024 yil oktyabr oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 17,7 foizga ortdi.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2024 yilning oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 17,7 foizga ortib, 1177 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 12,9 foizga oshgan;
tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 30,9 foizga ortgan;
faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent 1,2 foizga oshgan;
tovar belgilari bo‘yicha komponent 20,4 foizga ortgan.
Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyatida eng yuqori o‘sish surʼati qayd etilgan.
2024 yil oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududlarda o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Qashqadaryo (50,7%), Sirdaryo (49,7%), Andijon (47,9%), Jizzax (43,5%), Toshkent (42,9%) va Navoiy (42,5%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YICHA OPERATSIYALAR
2024 yil oktyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 332,9 ming tani tashkil etdi va 2024 yilning sentyabr oyiga nisbatan 723,9 ming tranzaksiyaga (12,9%) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni ham barcha hududda ortgan.
2024 yil oktyabr oyida respublikaning 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Xususan, Sirdaryo (22,6%), Jizzax (16,8%), Qashqadaryo (16,2%), Namangan (15,0%), Buxoro (14,8%) viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan.
TOVAR-XOM ASHYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2024 yilning oktyabr oyida IFIning birja komponenti 1,3087 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 30,9 foizga oshganini anglatib, tuzilgan bitimlar soni 64,5 foizga va har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 0,4 foizga oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2024 yil oktyabr oyida 7 046,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 36,4 foizga oshgan.
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari bo‘yicha komponent 2024 yil oktyabr oyida 1,0122 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,2 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan -2,3 foizga moʻtadil darajada kamaygan.
2024 yil oktyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni o‘tgan oyga (493 072 birlik) nisbatan 3 296 birlikka ortib, 496 368 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 107 taga oshgan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 399 031tadan 402 209 tagacha ortgan (o‘sish 3 178 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 90 379 tadan 90 390 tagacha (11 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar soni 3 769 tani tashkil etib, 2024 yilning sentyabr oyiga nisbatan 107 taga ortgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112119 | Инструменты