Avvalroq, bokschilarimiz Abdumalik Xalokov va Mujibillo Tursunov WBC tomonidan tashkil etiladigan Gran-Pri turnirida qatnashishi xabar qilingandi.
Maʼlum bo‘lishicha, yana uch hamyurtimiz - Olimpiada chempioni Lazizbek Mullojonov, shuningdek Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumov ham Butunjahon boks kengashi tomonidan o‘tkaziladigan Gran-Pri musobaqasida ishtirok etadi.
Shu tariqa, hozircha mazkur musobaqada qatnashadigan o‘zbekistonliklar soni 5 nafarga yetdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31522 | Инструменты