Huawei 1
Xamzat Chimayev o‘zbekistonlik murabbiyga minnatdorlik bildirdi

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan yilning eng yirik MMA turniri – UFC 308’da avstraliyalik Robert Uittakerni 1-raunddayoq mag‘lubiyatga uchratgan rossiyalik Xamzat Chimayev  musobaqadan keyingi matbuot anjumanida o‘zbekistonlik murabbiy Husan Majlimov va O‘zbekiston haqida fikr bildirdi.

“Mening Dubayda o‘tkazadigan mashg‘ulotlarimda Husan doim menga yordam beradi. U yaxshi murabbiy, uning shogirdlari yaxshi natijalar qayd etmoqda. Bir shogirdi yaqinda “UAE Warrior” turnirida g‘alaba qozondi. Men Husanga minnatdorlik bildiraman, O‘zbekistonda mening do‘stlarim ko‘p va ularning barchasi hurmatga loyiq insonlar”, deydi Chimayev.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Chimayev shu vaqtga qadar 14 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan va 5 ta to‘qnashuvda raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты