Huawei 1
Xanchjou-2022: 17 yoshli Sharifa Davronova Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Osiyo O‘yinlari-2022 turnirida o‘zbekistonlik sportchilar bugun, 4-oktyabr hisobidan ikkinchi oltin medalga ega chiqishdi.

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida oltin medalga sazovor boʻldi. 

17 yoshli sportchimiz qayd etgan 14.09 metr natijani hech bir raqibi yangilay olmadi va Davronova Osiyo oʻyinlari chempionligiga erishdi.

Shu tariqa, O‘zbekistonning Osiyo O‘yinlari-2022dagi jami medallari soni 53taga, oltin medallari soni esa 16taga yetib, jamoamiz jadvalda 5-o‘rinda bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112813 | Инструменты