Huawei 1
Xanchjou-2022: Safina Sadullayeva Osiyo o’yinlarida oltin medalni qo'lga kiritdi

Osiyo o’yinlarida yengil atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Safina Sadullayeva hamda Svetlana Radzivil balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borishdi. 

Unda Sadullayeva oltin, Radzivil esakumush medal sohibiga aylandi. Kuchli uchlikni qozog’istonlik Nadejda Dubovitskaya yakunlab berdi. 

E’tiborlisi, g’olib va sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Shohsupdagi o’rinlar urinishlar soniga qarab taqsimlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12018 | Инструменты