Butunjahon boks ittifoqi (WBC) may oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.
Ushbu ro‘yxatdan 8 nafar bokschimiz o‘rin oldi:
Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydagi kabi 12-o‘rinda qolgan;
Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev bir pog‘ona yuqoriladi va 13-o‘ringa joylashdi;
Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagi kabi, 11-o‘rin; Jahongir Rasulovning o‘rni ham o‘zgarishsiz qoldi - 33-o‘rin;
Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov bir pog‘onaga pastlab, 28-o‘rinni band etdi;
Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov 1 pog‘ona pastlab, 32-o‘ringa joylashdi;
Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi singari - 6-o‘rin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122302 | Инструменты