Huawei 1
Yaponiyada o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi

Yaponiyaning Kobe shahrida start olgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Dunyoning 103 ta mamlakatidan mingdan ortiq para atlet ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Hindiston va Eron kabi yetakchi davlatlarni ortda qoldirgan holda 3-o‘rinni egalladi. 

Ta’kidlash kerakki, bu O‘zbekiston Paralimpiyasi tarixida birinchi bor sodir bo‘lmoqda. Taqqoslash uchun, terma jamoamiz bundan avvalgi 2 ta jahon chempionatida 10- va 9-o‘rinlarni egallagan edi.

Bundan tashqari, Nurxon Qurbonova hamda Asila Mirzayorova o‘z yo‘nalishlarida jahon rekordlarini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan para atletlarimiz bilan yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:

Oltin

Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – yadro uloqtirish
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – disk uloqtirish
Xusniddin Norbekov – yadro uloqtirish
Nurxon Qurbonova – nayza uloqtirish
Asila Mirzayorova – uzunlikka sakrash
Yoqutxon Xolbekova – uzunlikka sakrash
Safiya Burxanova – yadro uloqtirish

Kumush

Boburjon Omonov – yadro uloqtirish
Dilafruz Ahmadxonova – yadro uloqtirish
Kubaro Hakimova – yadro uloqtirish
Mohigul Hamdamova – disk uloqtirish

Bronza

Ma’rufjon Murodulloyev – 400 metrga yugurish
Nurxon Qurbonova – yadro uloqtirish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122301 | Инструменты