Malayziya G‘azoga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor

Malayziya blokadadagi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash uchun tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor. Bu haqda Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Malayziya hukumati rahbari Indoneziyaning yangi saylangan prezidenti Prabovo Subianto bilan telefon orqali muloqot qilganini, unda G‘azodagi vaziyatni muhokama qilganini ma’lum qildi.

Ibrohim, BMT talab qilsa, Indoneziya bilan hamkorlikda G'azoga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

U Falastindan tashqari xalqaro hamkorlik va ASEAN doirasidagi hamkorlikni oshirish masalalarini muhokama qilganini ta’kidladi.

Iyun oyi boshida Prabovo Subianto Indoneziya G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash uchun tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70521 | Инструменты