Farg'onada "shoqollar" sarlavhasi ostida zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video joylashtirganlar javobgarlikka tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tomosha ko‘rsatgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. 

Maʼlum bo‘lishicha, 1994-yil Quva tumanida tug‘ilgan Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro o‘zining Instagram sahifasida “shoqollar” sarlavhasi ostida zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videolarni joylashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan MJtKning 189-1-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Bilmasdan xato ish qilib qo‘ydik. Qilgan ishimizdan pushaymonman. Har bir ishlamoqchi bo‘lgan videoni avvaldan o‘ylab, maslahat qilib keyin olinglar", - dedi huquqbuzar va uning sheriklari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70521 | Инструменты