Huawei 1
Yosh baydarkachilarimiz xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Ozarbayjonning Mingachevir shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha “Mingachevir regatta – 2024” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada dunyoning 12 davlatidan kelgan 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqaning 500 metr masofaga o‘tgan bahslarida ikki kishilik baydarka qayig‘ida Abdurahmon Rasulov/Nikita Reinvald kumush, bir kishilik baydarka qayig‘ida Nikita Reinvald bronza medalini qo‘lga kiritdi. Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha 200 metr masofada Abdurahmon Rasulov oltin va Mark Sherbakov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

So‘nggi kungi poygalarda yosh sportchilarimizdan Marat Karimov va Mark Sherbakov tandemi 1000 va 200 metr masofalardagi bellashuvlarda ikki kishilik baydarka qayig‘ida oltin va bronza medaliga ega chiqdi. Shu tariqa, sportchilarimiz nufuzli xalqaro turnirni 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunladi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты