Huawei 1
Yosh tennischilarimiz xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Mamlakatimiz va Xalqaro tennis federatsiyalari tomonidan Andijonda o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan J60 turniri yakunlandi.

Xalqaro turnirning yakkalik bahslarida Sabrina Olimjonova final o‘yinida neytral tennischi Alina Botasheva bilan raqobatlashdi. Tennischimiz ushbu uchrashuvni nomaʼlum sababga ko‘ra davom ettira olmadi.  

Shu tariqa Alina musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Sabrina vitse-chempionga aylandi. Shuni taʼkidlab o‘tishimiz lozimki, Sabrina va Alina juftlik bellashuvlarida tandem hosil qilib, vitse-chempionga aylandi.  

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida hamyurtimiz Abdulaziz Usmonjonov so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida neytral tennischi Yaroslav Klishinni 6:3, 6:3 hisobida taslim qilib, bosh sovringa ega chiqdi.  

Juftliklar o‘rtasida Nuriddin Baxtiyorov va Ahmadjon Toshmuhammedov dueti bosh sovrin uchun o‘tgan o‘yinda qozog‘istonlik  Svyatoslav Bureyev va Karim Temurlanni yengdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты