Zaynab Dayibekova Peruda o’tkazilayotgan Jahon kubogida bronza medalini qo’lga kiritdi

Qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova Peruda o’tkazilayotgan Jahon kubogida bronza medalini qo’lga kiritdi.

U saralashdan muvaffaqiyatli o’tib, pley-offda ham ishonchli harakat qildi. Dayibekova musobaqa davomida Bolgariya, Italiya, Hindiston, Yaponiya vakillarini mag’lubiyatga uchratishga erishdi. Shundan keyin u yarim finalda ikki karra jahon chempioni vengiralik Shugar Battaiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Qayd etish joiz, bu kattalar o’rtasidagi Jahon Kubogi bahslarida o’zbekistonlik qilichbozlarning qo’lga kiritgan ilk medali bo’ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты