1962-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari avtomobili 51,7 million dollarga sotildi

1962-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GTO poyga avtomobili Nyu-Yorkdagi auksionda 51,7 million dollarga sotildi.  Bu kimoshdi savdosida sotilgan tarixdagi ikkinchi eng qimmat avtomobilga aylandi, deb xabar beradi Sotheby's auktsion uyi.

Sotilgan Ferrari 250 GTO avtomobili 1962-yilda "Le Manda 24 soat" musobaqasida qatnashgan. Uni britaniyalik haydovchi Mayk Parkes va Scuderia Ferrari jamoasi a'zosi italiyalik Lorenzo Bandini boshqargan. 1974–1985 yillarda avtomobil egasi Amerikaning Ferrari Club of America tashkiloti raisi bo'lgan. Oxirgi 38 yil davomida esa Ferrari 250 GTO amerikalik kollektorga tegishli bo'lgan. Avtomobilning yangi egasining nomi oshkor etilmadi. 

Ma'lumot o'rnida, kimoshdi savdosida sotilgan tarixdagi eng qimmat avtomobil Mercedes 300 SLR Uhlenhaut Coupe hisoblanadi. U 2022-yilda 135 million yevroga sotib olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты