Huawei 1
Apple iPhone uchun uchinchi tomon ilovalari do‘konlariga ruxsat beradi

“Apple” ilovalarni uchinchi tomon do‘konlaridan yuklab olishga ruxsat beradi

Qayd etilishicha, keyingi yangilanishda funksiya Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilariga taqdim etiladi.

Mart oyida iOS 17.4 chiqarilishi bilan o‘zgarishlar yuz beradi va faqat Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilariga ta’sir qiladi. Boshqa mintaqalarda hamma narsa avvalgidek qoladi.

Chunki Yevropada “Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonun” (DMA) kuchga kiradi. Bu texnologiya gigantlarining monopolligiga qarshi kurashishga qaratilgan.

“Apple” “App Store” ishga tushirilgandan beri amalda bo‘lgan siyosatni o‘zgartirishga majbur.

Foydalanuvchilar internetdan uchinchi tomon ilovalari do‘konlarini o‘rnatishlari va u yerdan “Apple” kompaniyasining o‘z bozorida bo‘lmagan dasturlarni yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

iPhone’da foydalanish uchun ushbu xizmatlar “Apple” tomonidan tasdiqlash jarayonidan o‘tishi kerak.

Bunday holda, faqat tasdiqlangan saytlarni o‘rnatish mumkin. Kompaniya, shuningdek, ilovalar sifatini o‘zlari nazorat qilishni va’da qilmoqda.

Ishlab chiquvchilar, o‘z navbatida, ilova ichidagi xaridlar uchun “Apple” to‘lov xizmatlaridan foydalanishni yoki “Apple” uchun qo‘shimcha to‘lovlarsiz uchinchi tomon to‘lov tizimini integratsiyalashni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Agar ishlab chiquvchi “Apple” ilovalarida mavjud to‘lov tizimidan foydalanmoqchi bo‘lsa, u 3% miqdorida qo‘shimcha komissiya to‘laydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты