Huawei 1
Apple katta va'dalarni berdi: Kompaniya mahsulotlari 100 foiz ekologik toza bo'ladi

Apple kompaniyasi 2030-yilgacha “o'zining uglerod izini” yo'qotadi va kompaniya mahsulotlari tabiatga zararli ta'sir ko'rsatmaydi.

Barcha zararli chiqidlar foydali harakatlar bilan almashtiriladi. Apple’ning aytishicha, kompaniyada ichki jarayonlar hozirdanoq tabiatga hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Barcha idora va ishlab chiqarish markazlari ekologik toza energiyada ishlamoqda.

Bundan tashqari, keyingi 10 yil ichida kompaniya alternativ energiya manbalariga o'tish, qadoqlashni takomillashtirish va eskirgan mahsulotlarni qayta ishlash usullarini ishlab chiqish orqali zararli chiqindilarni 75 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda.  

Apple’ning atrof-muhitni saqlashga qaratilgan qadamlaridan biri bu, iPhone 12 qutisida avvallari mavjud komplektlarning qisqartirilishi bo'ldi. Endi qutida quvvatlagich adapter va quloqchinlar bo'lmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42607 | Инструменты