Huawei 1
Bill Geyts sun'iy intellektning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Forbes jurnaliga bergan intervyusida ChatGPT va sun’iy intellekt (AI) sohasidagi so’nggi yildagi barcha yutuqlardan "hayratda" ekanligini aytdi. 

Shuningdek, tadbirkor sun’iy intellekt kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"AI biz bilgan mehnat bozorini o’zgartiradi... Avtonom avtomobillar - juda murakkab texnologiya, ammo, zavod va fabrikalarni robotlashtirish yaqin 5-10 yil ichida amalga oshiriladi", - dedi Geyts.

Biroq, Microsoft asoschisi AI "kambag’al hududlardagi talabalar uchun matematika o’qituvchisi" bo’lishi yoki "olisda joylashganligi sababli shifokorga murojaat qila olmaydigan Afrikadagi odamlarga tibbiy maslahatlar berishi" mumkinligiga ishonmasligini aytdi.

Shu bilan birga, Geyts mashhur neyron tarmoqlari, xususan ChatGPT boti haqida qanday fikrda ekani haqidagi savolga shunday javob berdi:

“Men bu vositalar bilan o’ynashni yaxshi ko’raman – bu juda qiziq. G’alati tuyulishi mumkin, lekin men ham ba’zan o’yin-kulgi uchun ChatGPT’dan foydalanaman. Garchi jiddiy vazifalar uchun unga kirish huquqi berilgan bo’lsa ham, ba’zan undan, masalan, Shekspir yozishi mumkin bo’lgan she’r yozib berishni so’rayman”, - dedi Bill Geyts.

Eslatib o’tamiz , avvalroq Microsoft qidiruv tizimining sun'iy intellektga asoslangan versiyasini taqdim etgani haqida xabar bergan edik. Kompaniya ishlab chiquvchilari ushbu tizimning imkoniyatlari ChatGPT botidan ustun ekanligini aytishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122712 | Инструменты