“Apple” “AirPods” simsiz quloqchinlariga foydalanuvchilarning jismoniy ko‘rsatkichlarini kuzatish funksiyasini qo‘shmoqchi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar bermoqda.
Kompaniya “AirPods"ning yangi versiyalariga tana harorati, yurak urishi va boshqa salomatlik ko‘rsatkichlari sensorlarini qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Nashr manbasiga ko‘ra, yaqin yillarda “Apple Watch"ning ko‘plab funksiyalari “AirPods"ga bosqichma-bosqich kiritiladi.
Bundan tashqari, kompaniya “AirPods"ga kamera qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — “Apple” sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqish tufayli ushbu loyihani qayta boshladi.
Kompaniya kamerali dastlabki mahsulotlarini kamida ikki yildan so‘ng ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12212 | Инструменты