Huawei 1
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun elektron navbat olish imkoniyati paydo bo'ldi

Davlat xizmatlari agentligi (DXA)  qulay kun va vaqt tanlab, avvaldan navbatga turish imkoniyatini joriy qilmoqda. Biroq, qancha vaqt oldin navbatga turish imkoniyati yaratilishi hozircha aniq emas. Ushbu yangilik joriy yilning 1 noyabr kunidan ishga tushadi.

2019 yilning 25 oktyabridan DXA onlayn tarzda elektron navbat olish imkoniyatini joriy qilgandi. Hozirda navbatni faqat idoraga borish kuniga olish olish mumkin.

25 oktyabr kuniga qadar navbat olish uchun infokioskka kelib, raqamli talon olish kerak bo'lgan.

Elektron navbat olish uchun bosqichma-bosqich yo'riqnoma

Navbatdan joy olish uchun www.davxizmat.uz saytiga kirish zarur. Tizim avtomatik ravishda eng yaqin DXA qayerdaligini ko'rsatadi.

Eslatib o'tamiz, 24 oktyabr kuni O'zbekiston “Biznesni yuritish” (Doing Business 2020) ko'rsatkichi bo'yicha top davlatlar 10 taligiga kiritilib, 8-o'rinni egalladi. O'zbekistonda ushbu ko'rsatkich uchun Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi mas'uldir.

Ta'kidlash lozimki, “Biznesni yuritish” reytingi davlatlar tomonidan biznesni qo'llab-quvvatlash va biznesni yuritishga to'siqlarni bartaraf etish choralari,  xususan, o'z ishini ochish, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish, soliq qonunchiligi, investorlar huquqlarini himoya qilish kabi ko'rsatkichlarni qamrab oladi.

DXA matbuot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, qisqa vaqt ichida O'zbekiston ushbu reytingning 3-5 o'rnini egallashi kutilmoqda.

Izohlar: 23
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51602 | Инструменты