Huawei 1
Eng chidamli va puxta smartfonlar aniqlandi

JerryRigEverything niki ostida tanilgan bloger Zak Nelson o‘z sinovlari asosida eng chidamli smartfonlarni aniqladi

Smartfonlarning ta’mirga yaroqliligi va puxtaligini o‘rganishga ixtisoslashgan muallifning aytishicha, AGM H5 — korpusi eng pishiq smartfon. Nelson o‘z testi davomida bu qurilmani qo‘lidagi vositalar yordamida sindira olmadi.

Eng mo‘rt korpusli smartfon — osongina ikkiga bo‘lingan Asus ROG Phone 6 Pro bo‘ldi.

Eng ta’mirbop smartfon sifatida bloger Google Pixel 7 Pro ni ajratib ko‘rsatdi. Uning ta'kidlashicha, bu qurilmaning ichki qismiga kirish oson, shunchaki displeyi yechilsa kifoya.

Shuningdek, mutaxassis ort qopqog‘i tez ochiluvchi iPhone 14ni ta’mirlash oson dedi.

Eng murakkab tuzilishli qurilmalar — Samsung Galaxy Z Fold 4 hamda Galaxy Z Flip 4. Buklama smartfonlarni ta’mirlash payti sindirib qo‘yish ehtimoli katta, qolaversa ehtiyot qismlari qimmat. Samsung qurilmalarining tashqi displeylari $500 turadi.

Konstruksiya tomonlama eng innovasion qurilma sifatida bloger murakkab yorug‘lik indikasiyasi tizimiga ega Nothing Phone 1 ni tilga oldi.

Ichki komponentlari mantiqan eng to‘g‘ri joylashgan qurilma esa — Google Pixel 7 Pro.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122605 | Инструменты