iPhone 14 sakkiz xil rangda chiqadi

Bu yil "Apple" kompaniyasi iPhone 14 ni sakkiz xil rangda chiqaradi, ulardan 2 tasi binafsha rangda bo'ladi.

Unga ko'ra, iPhone 14 ranglari: qizil, oq, qora, toʻq moviy, toʻq binafsha.

iPhone 14 Pro ranglari: kulrang, oltin, oq, och binafsha.

E'tiborlisi, yangi qatorda ko‘k rangli smartfonlar bo‘lmaydi.

Asosiy rang binafsha rangda bo‘ladi, iPhone 14 va iPhone 14 Max to‘q rang va porloq qoplamaga ega bo‘ladi, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max esa ochiq rang va mot rangga ega bo‘ladi.

Eslatib o'tamiz, iPhone 14 smartfonlari taqdimoti 7-sentabrda boʻlib oʻtadi, oldindan buyurtmalar 14-sentabrdan boshlab, yangi smartfonlar esa 16-sentabrdan sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, iPhone 14 Pro rekord darajadagi xotiraga ega bo'lishi haqida ham xabar bergan edik. Hozirgi kunda Xitoydan tashqari Hindiston va Braziliyada Apple o'z smartfonlarini chiqarishni yo'lga qo'ydi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты