Huawei 1
iPhone 14 smartfonlarining taxminiy narxlari e'lon qilindi

"Apple" kompaniyasining iPhone 14 Pro Max va iPhone 14 Pro smartfonlari A17 chipsetining eksklyuzivligi, kameradagi yangilanish sababli yuqori narxga baholanadi.

Ma’lum qilinishicha, 17-sentabr, juma kuni iPhone’ga oldindan buyurtmalar boshlanganda, Apple eski modellar uchun qulay narxlar taklif qilishi mumkin.

iPhone 14 seriyasining barcha taxminiy xotirasi va narx variantlari esa quyidagicha:

iPhone 14

  • - 128 gigabayt — 799-899 dollar;
    - 256 gigabayt — 899-999 dollar;
    - 512 gigabayt — 999-1099 dollar.

iPhone 14 Max

  • - 128 gigabayt — 899-999 dollar;
    - 256 gigabayt — 999-1099 dollar;
    - 512 gigabayt — 1099-1199 dollar.

iPhone 14 Pro

  • - 128 gigabayt — 1099-1199 dollar;
    - 256 gigabayt — 1199-1299 dollar;
    - 512 gigabayt — 1399-1499 dollar;
    - 1 terabayt — 1599-1699 dollar.

iPhone 14 Pro Max

  • - 128 gigabayt — 1199-1299 dollar;
    - 256 gigabayt — 1299-1399 dollar;
    - 512 gigabayt — 1499-1599 dollar;
    - 1 terabayt — 1699-1799 dollar. 

Eslatib o'tamiz, iPhone 14 smartfonlari taqdimoti 7-sentabrda boʻlib oʻtadi, oldindan buyurtmalar 14-sentabrdan boshlab, yangi smartfonlar esa 16-sentabrdan sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, iPhone 14 Pro rekord darajadagi xotiraga ega bo'lishi haqida ham xabar bergan edik. Hozirgi kunda Xitoydan tashqari Hindiston va Braziliyada Apple o'z smartfonlarini chiqarishni yo'lga qo'ydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101816 | Инструменты