Ice Universe iPhone 15 Pro renderlarini, shuningdek, ayrim o‘zgarishlarni tasdiqlovchi barcha iPhone 15 smartfonlarining himoya oynalari suratlarini e’lon qildi.
Renderlar 3D-dizayner @Hanstsaiz tomonidan Apple Insider uchun sizdirilgan chizmalar asosida yaratilgan bo'lib, ular allaqachon aksessuarlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan korpuslar va ekran himoyachilari ishlab chiqarishda foydalanilmoqda.
Apple flagmanining ramkasi aylana bo‘ylab atigi 1,55 mm kenglikda bo‘ladi — bu bozordagi barcha smartfonlar orasida rekorddir. Hozircha rekord Xiaomi 13 uchun 1,81 millimetrni tashkil qiladi.
iPhone 15 Pro va 15 Pro Max yangi Apple A17 Bionic protsessorida ishlashi allaqachon tasdiqlangan, oddiy versiyalari esa o‘tgan yilgi, ammo kuchli A16 Bionic ni o‘z ichiga oladi. Operativ xotira hajmi 6 dan 8 gigabaytgacha oshadi.
Barcha Apple smartfonlarida batareya quvvati oshishi kutilmoqda. 2023-yilgi iPhone lar ham USB-C ulagichi bilan birga chiqadi. ilgari hech qachon Apple smartfonlarida bunday bo‘lmagan.
iPhone 15 Pro taqdimoti joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida bir nechta manbalar bu tarixdagi eng qimmat iPhone bo‘lishini ta’kidlagan. Xususan, Pro modellari 200 dollarga qimmatlashishi mumkin. Narxning bunday keskin o‘zgarishi oxirgi marta 2017-yilda bo‘lib, o‘shanda iPhone X 999 dollarga taqdim etilgandi. iPhone 15 liniyasi taqdimotiga ikki oydan kamroq vaqt qoldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13010 | Инструменты