O‘zbekistonlik yoshlar Koreya IT akademiyasida kelajak kasblariga o‘qitiladi

Janubiy Koreyaning “Hancom Group” kompaniyasi O‘zbekistonda IT-ta'lim ekotizimini rivojlantiradi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vazirlik hamda kompaniya o‘rtasida kelishuv amalga oshirilgan. Unga ko‘ra, kompaniya tarkibiga kiruvchi “Hancom Academy” O‘zbekistonda o‘z o‘quv loyihalarini amalga oshiradi.

Xususan, IT-akademiya mamlakat bo‘ylab IT-sohasiga qiziquvchi yoshlarni saralab olib, “kelajak kasblari"ga o‘qitish dasturini yo‘lga qo‘yadi. Bu kasblar qatorida “Data science”, “Artificial and Cloud technologies”, “Software Engineering” kabilar bor.

Shuningdek, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan alohida o‘quv dasturi asosida mahalliy IT-mentorlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu dastur O‘zbekiston va dunyoda yuqori talab hamda daromadga ega kasblarga yoshlarni o‘rgatishga mo‘ljallangan.

Dastur bitiruvchilari kelajakda yuqori daromad kasb egasi bo‘lish hamda chet elga IT-xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты