Huawei 1
O‘zbekistonning “PointAI” startap loyihasi Plug and Play akseleratoridan sarmoya jalb qildi

O‘zbekistonning “PointAI” startap loyihasi “Plug and Play Tech Center” akseleratoridan sarmoya jalb qildi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha “Plug and Play Uzbekistan” akseleratsiya dasturining ikkinchi to‘lqinida ishtirok etib, AQShning Silikon vodiyisidagi bosh ofis tomonidan mablag‘ jalb qildi. Biroq, investitsiya hajmi keltirilmagan.

PointAI” kompaniyasiga 2023-yilda Azamat Hamidov va Aslxon Xoshimxo‘jayev tomonidan asos solingan. Startapning GPT til modeliga asoslangan “aqlli” algoritmi AI qo‘llab-quvvatlash xizmatini yaratadi.

Bu kompaniyalarga mijozlarni sifatli qo‘llab-quvvatlash, kutish vaqtlarini qisqartirish va foydalanuvchilar tajribasini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, onlayn chakana sotuvchilarning mijozlar so‘rovlarini ko‘rib chiqish uslubini o‘zgartiradi.

Undan foydalangan elektron tijorat korxonalari qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirgan hamda yiliga $150 ming miqdorida mablag‘ tejagan.

Chatbot mijozlar so‘rovlarining 80%ini odamlar ishtirokisiz hal qiladi. Bularga pulni qaytarish, buyurtmani bekor qilish va yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar kiradi.

Shuningdek, startap “IT Park” tomonidan tashkil etilgan “Startup Battle 2023"da ishtirok etib, 1-o‘rinni egallagandi. Jamoa Lissabondagi “Web Summit"ga yo‘llanma olgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga