O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Koreya qishloq birlashmasi korporatsiyasi, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik sohalarida taʼlimni rivojlantirish va axborot xizmati bo‘yicha Koreya agentligi (EPIS) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Yil bo‘yi qulupnay yetishtirish bo‘yicha zamonaviy Koreya texnologiyalarini joriy etish” nomli loyiha imzolandi. U Koreya Respublikasi hukumatining rivojlanish bo‘yicha rasmiy ko‘magi yo‘nalishida taqdim etiladigan grant mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. 3,7 mln AQSH dollari qiymatidagi loyiha 2026-yil dekabr oyiga qadar amalga oshiriladi.
Shu maqsadda Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida quyosh batareyalarida ishlaydigan qulupnay yetishtiruvchi zamonaviy issiqxona quriladi.
Bundan tashqari, koreyalik mutaxassislar tomonidan ko‘chatlar uchun issiqxona hamda yuqori sifatli qulupnay ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha in vitro laboratoriyasi qurilib, jihozlanadi.
Loyiha o‘zbek qulupnay mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda brendingi va marketingiga ko‘maklashadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты