“Tashkent Modernism” sayyohlik mobil ilovasi ishga tushirildi

“Tashkent Modernism” sayyohlik mobil ilovasi ishga tushirildi. U Toshkent modernizmining 21 ta inshootini yagona onlayn yoʻlakka birlashtirdi. 

Foydalanuvchi 1964–1994 yillar mobaynida yaratilgan Toshkent meʼmoriy yodgorliklari bilan tanishishin mumkin boʻladi. Ilova foydalanuvchi turgan joydan boshlab eng maqbul marshrutni tuzib beradi.

Sayohatni shaharning qoq markazidan boshlash mumkin, masalan, shoir Taras Shevchenko tasvirlangan hashamatli mozaik pannodan boshlab. Mozaika shu nom bilan ataluvchi ko‘chada joylashgan 110-sonli umumta’lim maktab binosining ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlaydi. Me’mor Iosif Karakis loyihasiga binoan qurilgan maktab shishali galereyalar bilan tutashib, yashil hovlilar bilan birlashgan 12 ta ikki qavatli imoratdan iborat. 

1969-yilda maktabning suzish havzasi bor bino devoriga ukrainalik musavvir Vladimir Kutkin “Buyuk Kobzar" nomli muhtasham mozaik pannoni terib chiqqan. Tasvirda Taras Shevchenko qo‘lida kobza musiqiy cholg‘usi bilan o‘z asarlari qahramonlari qurshovida gavdalangan.

Panno yonida joylashgan manzilingizni ko‘rsating va ilova sizni Toshkent modernizmining eng yaqin obidasiga yo‘naltiradi. “Tashkent Modernism” ilovasi bepul, u GooglePlay va AppStore’da mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты