Huawei 1
Telegram’da o‘zbek tilida ishlaydigan neyron tarmoq ishga tushdi

O‘zbekistonlik dasturchilar tomonidan barcha savollarga o‘zbek tilida, bepul va cheksiz javoblar olish mumkin bo‘lgan neyron tarmoq Telegram’da ishga tushirildi.

Ushbu neyron tarmoq har qanday savollarga javob berish, sizga o‘qish va ijodda yordam berish, ish va uydagi murakkab masalalarni hal qilishda ko‘maklashadi.

U internetdagi o‘zbek tilidagi matnlar bazasida ishlaydi. Demak, o‘zbek segmenti qancha ko‘proq matnlar bilan boyitilsa, neyron tarmoqlar ham shuncha yaxshiroq ishlaydi.

Botni ishlatib ko‘rish uchun: @GENT_GPT_UZ_bot

O‘zbek tilida ishlaydigan neyron tarmoqdan foydalanuvchilar soni ortib ketishi sabab texnik nosozliklar yuzaga keldi.

Hozirda ushbu xatolik bartaraf etildi. Neyron tarmoqdan foydalanishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101215 | Инструменты