Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabr holatiga muomaladagi bank kartalari soni qariyb 56,9 millionga yetgan. Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida banklar tomonidan 10,6 milliondan ko‘proq karta emissiya qilingan.
Yilning o‘tgan davrida muomalaga chiqarilgan kartalarning 7,3 milliondan ortig‘i 6 bank hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 3081 tani tashkil qilib, ularning umumiy soni 29 736 taga yetgan.
O‘rnatilgan to‘lov terminallari yil boshiga nisbatan 2 ming 680 taga kamayib, 426,7 mingtani tashkil qilgan. Bunga to‘lovlarni qabul qilishda alternativ usullardan foydalanishning kengayishi sabab bo‘lishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122708 | Инструменты