Telegramda istalgan foydalanuvchi nomini (username) sotish imkoniyati yaratildi

Telegramda istalgan foydalanuvchi nomini (username) Fragment saytidagi auksion orqali sotish imkoniyati yaratildi.

Buning uchun siz Telegram akkauntingiz orqali tizimga kirishingiz, TON hamyoningizni bog'lashingiz, so'ngra kim oshdi savdosi boshlanadigan birinchi taklifni ya’ni narxni belgilab, shuncha pul kiritishingiz kerak bo'ladi. Minimal narx - 10 TON (1 TON – 1,44 AQSh dollari).

Agar kimdir siz belgilagan narxdan balandroq narx taklif qilsa, siz boshida kiritgan minimal narx qiymati o’zingizga qaytariladi. Biroq, agar boshqa takliflar bo'lmasa, sizga tikkan pulingiz 5% va 5 TON komissiyani olib tashlagan holda qaytarib beriladi.

Agar kimdir sizdan balandroq narx taklif qilsa, siz eng yuqori narxning 95% va tikkan pulingizni qaytarib olasiz.

Misol uchun, sizda @abcde foydalanuvchi nomi (username) bor, siz uni 1000 TON ya’ni 1440 AQSh dollariga sotmoqchisiz. Fragment saytiga Telegram akkauntingiz orqali kirib, TON hamyoningizni bog'laysiz. Bunday hamyoningiz bo’lmasa, wallet.ton saytida ochishingiz kerak bo’ladi. 

So’ngra 1440 AQSh dollarini kiritib, kim oshdi savdosini boshlaysiz. Agar kimdir 1100 TON taklif qilsa va boshqa sotib olishga takliflar bo’lmasa, siz 1100 TONdan 95%ni (1504,8 AQSh dollarini) va o’zingizni 1000 TONingizni qaytarib olasiz.

Agar hech kim qiziqish bildirmasa, 50 AQSh dollari va 5 TON komissiyani olib tashlagan holda pulingiz qaytarib beriladi. Ya’ni 1360,8 AQSh dollari beriladi.

Bloklangan foydalanuvchi nomlarini auksionda sotish taqiqlanadi.

Avvalroq Fragment auksionida birinchi telegram foydalanuvchi nomi 1,4 million AQSH dollariga sotilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60121 | Инструменты