Dastlab tarmoq shahar markazi, aeroport va vokzal hududlari hamda ularning atrofida ishlaydi. Keyinchalik esa tarmoq qamrovi butun Samarqand bo'ylab kengayadi.
Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab mustaqilligimizning 26 yilligi shodiyonalari keng nishonlanmoqda. Mazkur sana munosabati bilan UMS mobil operatori Samarqand aholisi va mehmonlariga o'zining sovg'asini tuhfa etdi, ya'ni kompaniya ushbu shaharda 4G LTE tarmog'ini ishga tushirdi. Qayd etish lozimki, to'rtinchi avlod tarmog'i avvalgilariga nisbatan deyarli o'n barobar tezroq ishlaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, endilikda UMS abonentlari tezkor mobil Internet yordamida HD formatdagi videolarni bemalol tomosha qilishlari, onlayn o'yinlarni o'ynashlari ham mumkin. Bu o'z navbatida ishbilarmon insonlar uchun ham juda qulay, ular bemalol katta hajmdagi ma'lumotlarni yuklab olishlari hamda uzoq masofdan turib katta hajmdagi fayllar bilan ishlashlari mumkin. Yuqori tezlikdagi Internetning ahamiyatini barchamiz yaxshi bilamiz. Bu tezlik bilan katta hajmdagi veb sahifalar yoki fayllar ochilishi va yuklanishini uzoq kutishimizga hojat qolmaydi. Bunda albatta abonentlarning vaqti ham tejaladi.
- UMS kompaniyasi faoliyatning birinchi kunidanoq data-operator yo'lini tanlagan, ya'ni kompaniya Internet bilan bog'liq xizmatlarni keng joriy qilib kelmoqda. Umid qilamizki, Samarqand shahrida 4G LTE tarmog'ini ishga tushirganimiz, abonentlarimiz, ayniqsa mobil Internetning faol foydalanuvchilari uchun uzoq kutilgan xushxabar bo'ldi”,- deydi “UMS” MChJning Samarqanddagi xizmat ko'rsatish markazi rahbari Farhod Sharipov UzReport AA muxbiriga bergan intervyusida.
“UMS” mobil operatorning Samarqandagi 4G LTE tarmog'i 800 megagerts (20 Band) chastotalar diapazonida ishga tushirilgan. U tarmoqlardagi yuqori kuchlanish sharoitida ham yuqori tezlikdagi Internetni ta'minlab bera oladi. Maxsus qurilma ham ushbu tarmoqni ishga tushirish uchun xarid qilinib o'rnatilgan. Bu eng avvalo hajm jihatdan kichik va qulay bo'lib, energiya tejamkorligi bilan birga katta tezlikdagi internetni ta'minlab berishga xizmat qiladi.
Shu o'rinda bir ma'lumot, dastlab tarmoq shahar markazi, aeroport va vokzal hududlari hamda ularning atrofida ishlaydi. Keyinchalik esa tarmoq qamrovi butun Samarqand bo'ylab kengayadi.
“UMS” MChJ ning Samarqanddagi xizmat ko‘rsatish markazi texnik bo‘limi rahbari Shuxrat Sovurboyev UzReport AA muxbiriga bergan intervyusida shunday deydi:
- UMS ning 4G LTE tarmog'idan kompaniya abonentlari – LTE 800 standartida ishlay oladigan mobil qurilmalar va 4G USB modemlari egalari foydalanishlari mumkin. Tarmoqda CS Fallback (CSFB) texnologiyasi joriy qilingan. Ya'ni abonentlar Internetdan 4G LTE tarmog'ida foydalanishadi, qo'ng'iroqlar va SMS-xabarlarni yuborish va qabul qilish uchun esa avtomatik ravishda 3G yoki 2G tarmog'i ishga tushadi. Buning evaziga abonent har doim aloqada qolishi mumkin. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, 4G LTE texnologiyasi biz, ya'ni mobil operator uchun ham juda qulay. U 3G va 2G tarmog'iga kuchlanishni kamaytiradi va bo'shagan sig'imlardan samarali foydalanishga ko'mak beradi. Natijada mobil aloqa tarmog'i samaraliroq ishlaydi.
Samarqand shahrida UMS kompaniyasidan taqdim etilayotgan yangi avlod Internetidan foydalanmoqchi bo'lganlar uchun tarmoqqa o'tishning eng oson va qulay shartlari joriy etilgan. Buning uchun abonentlar USSD-so'rov orqali «4G LTE tarmog'iga kirish» bepul xizmatini yoqishlari kifoya. Megabaytlarni narxlash 3G tarmog'ida qanday bo'lsa, 4G LTE da ham huddi shunday.
- UMS ning 4G tarmog'i bizda ishga tushganligi muhim hodisa desam bo'ladi. O'zingizga ma'lum, Samarqandda aholi zichligi juda katta. Shu bilan birga qadimiy shahrimizga ko'plab mehmonlar, sayyohlar kelishadi. Sifatli mobil Internet ularning ehtiyojlarini qondirishga va shu bilan birga Samarqandning turistik nufuzini yuksalishiga ham hissa qo'shadi. - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi “UMS” MChJ mijozi Bo'riyev Rustam.
“UMS” MChJning yana bir abonenti Almamedova Farangiz esa shunday deydi:
- O'tgan yili UMS mobil operatorining vakillari 2017 yilda Samarqandda 4G ni ishga tushiramiz deyishganini yaxshi eslayman. Ko'rib turibmizki, ular va'dalarining ustidan chiqishdi va tarixiy shahrimizda yangi avlod tarmog'i ishga tushdi. Abonent sifatida bundan faxrlanishimni aytib o'tmoqchiman. Operatorga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!
Shu o'rinda qo'shimcha qilish lozimki, UMS kompaniyasi o'z faoliyatini yanada kengaytirib yaqin kunlarda abonentlarga yangi imkoniyatlar taqdim etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalaridan yana biri esa – O'zbekiston hududlari bo'ylab 3G baza stansiyalari sonini kengaytirib, 4G LTE tarmog'ini Farg'ona vodiysida ishga tushirishdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50308 | Инструменты
Barcha mobil operatorlarga omad omad tilayman. Lekin narx borasida biroz qimmatroq, kompaniyalar uchun internet narxi oldingiga nisbatan ancha arzonlashtirilgan ekan ammo operatorlar o‘z mijozlariga arzonlashtirishmagan deyarli.