Ushbu "uchar"ning sotuvi 2024-yildan boshlanishi rejalashtirilmoqda
Xpeng kompaniyasi Dubaydagi "Gitex Global 2022" texnologiya ko‘rgazmasida XPeng X2 elektr uchar avtomobilini namoyish etdi. Mashinaning parvozini yuzlab odamlar suratga olishdi.
Elektr transport vositasi ham vertikal va gorizontal parvozni amalga oshira oladi. Shuningdek, qurilma avtopilot, radarni aniqlash tizimi va avtomatik xavfsizlik parashyutiga ega.
Ikki kishilik sig‘imga ega mazkur avtomobilning og‘irligi — 560 kilogramm, yuk ko‘tarish qobiliyati — 200 kilogramm, tezligi soatiga 130 kilometr. Quvvat zaxirasi — 35 daqiqa bo‘lib, 1000 metr balandlikka qadar parvoz qila oladi.
Ma'lumot o'rnda, XPeng o'zining X2 elektr uchar avtomobili sotuvini 2024-yilda boshlashni rejalashtirmoqda. Narxlari hali e'lon qilinmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72120 | Инструменты