Huawei 1
​​15 yoshli qirgʻizistonlik Islom Xalilov terakt vaqtida “Krokus”da yuzdan ortiq odamni qutqardi

15 yoshli maktab oʻquvchisi, “Krokus Siti Holl”da garderobchi boʻlib ishlagan Islom Xalilov xizmatchilarning xonalari orqali chiqish yoʻlini koʻrsatib, yuzdan ortiq kishining hayotini saqlab qolishga sababchi boʻldi.

Islom Xalilovning aytishicha, u konsert zalida bir yilga yaqin vaqtdan buyon ishlab kelayotgan boʻlgan. Terakt kuni u soat 16:00 da smenani qabul qilib olgan. Hujum boshlanganida u kuchli ovozlarni eshitgan, avvaliga buni “qandaydir shovqin soluvchi guruh keldi” deb oʻylagan. Xalilov zinapoya tomondan odamlar chopib kelayotganida vaziyat yaxshi emasligini tushungan.

Xalilovning tushuntirishicha, xodim sifatida unga favqulodda holatlarda qanday harakatlanish boʻyicha koʻrsatma berilgan, shu tufayli u “odamlarning xavfsizligini taʼminlash uchun ularni qayerga olib borish kerakligi”ni bilgan. Yakunda u yuz nafar atrofidagi odamni “Krokus Siti Holl”ga yondosh joylashgan “Krokus Ekspo”ning kirish joyigacha olib borgan. Oʻsmirning oʻzi boshqa hech kim qolmaganiga ishonch hosil qilib, oxirgi boʻlib oʻtgan.

Reper Alisher Morgenshtern Islomga million rubl yuborgan. Uning oilasi bu pullarni kreditlarini yopish uchun ishlatadi. Bundan tashqari, uni Rossiya musulmonlarining “Xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlashgan. Oʻsmirga mukofot keyingi hafta juma namozi vaqtida Moskvadagi Sobor masjidida topshiriladi.

Xalilov — Moskvaning “Spartak” klubi muxlisi. Uning qahramonligi haqida maʼlum boʻlganida, klub uni futbolchilar bilan uchrashuvga taklif etib, turli sovgʻalar va jamoaning uy uchrashuvlari uchun abonement sovgʻa qilgan.

Maʼlumot uchun, Islom Rossiyada tugʻilgan, uning ota-onasi Qirgʻizistondan. Otasi Baxtiyor Jalolobod viloyati Suzoq tumanidan, onasi Oypari — Oʻsh oblasti Oʻzgan tumanidan. Islom — oiladagi uch nafar farzanddan eng kattasi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42607 | Инструменты