Huawei 1
​​​​Janubiy Koreyada robot “oʻz joniga qasd qildi”

Janubiy Koreyada fuqarolik xizmati sohasiga jalb qilingan robot “o‘z joniga qasd qildi”. Bu haqda Janubiy Koreya mahalliy nashrlariga tayanib, Daily Mail xabar berdi.

Manbada aytilishicha, davlat fuqarolik xizmati tizimiga jalb qilingan robot avtonom tarzda o‘zini balandlikdan tashlab yuborgan. Ushbu hodisadan oldin robotda hech qanday ishdan chiqish va tizim nosozligi kabi holatlar bo‘lmagan.

Tepadan qulagan robot masofadan boshqaruv signallariga va aloqa buyruqlariga javob bermay qo‘ygan. Mamlakatdagi qator rasmiylar yuz bergan hodisani robot o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq mamlakatdagi birinchi holat deya baholagan.

Guvohlarga ko‘ra, robot o‘zini zinadan tashlab yuborishdan oldin shartli doira bo‘ylab uzoq payt bir nuqta atrofida aylangan. Xodimlar u shubhali obyektni aniqlagan deb o‘ylashgan. Biroz vaqtdan so‘ng esa robot zinadan oshib, pastga qulagan.

“Robotdan kundalik hujjatlarni yetkazib berish, targ‘ibot hamda va mahalliy aholiga maʼlumot yetkazishda foydalanilar edi. Hozirda uning shikastlangan qismlarini yig‘dik va tahlilga topshirdik”, deyiladi rasmiylar xabarida.

Robotdagi so‘nggi topshiriqlar tarixini tekshirgan mutaxassislar qiziq holatga duch kelgan. Fuqarolik xizmati robotiga kunlik belgilangan dasturiy me’yordan bir necha barobar ko‘p vazifalar topshirilgan. Robot qisqa muddatda ko‘p va tezkor operatsiyalar bajarishiga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda uning tizimida ayrim funksiya buzilishlari kuzatilgan.

Maʼlumot o‘rnida, robot 2023-yilning avgust oyida Janubiy Koreyaga olib kelinib, vazifaga tayinlangan. U Kaliforniyadagi robot-ofitsiant startapi Bear Robotics tomonidan ishlab chiqarilgan.

Robot odatiy mehnat nizomi bo‘yicha ertalab soat 9 dan kechki 18:00 gacha ishlagan. U, shuningdek, o‘zining davlat xizmati xodimi kartasiga ham ega bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты