Huawei 2
Myanmada 160 kishi ko'chki qurboniga aylandi

Myanmaning shimolidagi nefit tog’ konida juma kuni yuz bergan ko'chki kamida 160 kishining vafot etishiga sabab bo’ldi. Qutqaruvchilar qurbonlarning soni sezilarli darajada oshishi mumkinligini aytishmoqda.

Kuchli yomg'ir tufayli tog'dagi ishlab chiqarish chiqindilari ko'lga tushdi. Bu esa kuchli suv to’lqinlarini xosil qildi. O’nlab odamlar suv ostida qoldi.

Yong'in xizmati ma'lumotlariga ko'ra, konchilar hozirda ishlab chiqilgan nefrit qoldiqlarini izlamoqdalar.  

Mahalliy nashrlarga ko'ra, halokatli hodisalar ushbu hududlarda ko’p uchrab turadi.  So'nggi yillarda yuzlab konchilar halok bo'lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga