Agar siz guruhingizdagi eng bo'yi past do'stingizni ko'rsata olmasangiz, demak guruhdagi eng bo'yi past inson siz bo'lishingiz mumkin. Lekin bu hech qanday nuqson emas!
Bo'yi pastligi bilan tanilgan Napoleon Bonapart aslida u qadar past bo'lmaganini bilarmidingiz? U 1 metr 70 sm atrofida bo'lgan va ushbu bo'y o'z davrining fransuzlari uchun baland hisoblangan. Napoleonning bo'yi pastligi haqidagi afsona inglizlar tomonidan to'qib chiqarilgan. Ular Napaleonni "kichkina Boney" sifatida tasvirlashni istaganlari sababli paydo bo'lgan.
Bundan tashqari, ko'pgina manbalarda Napoleonni qo'riqchilari o'rab turgan paytlarda uning bo'yi hatto askarlardan ham balandroq bo'lgani aytiladi.
Qisqa bo'yli odamlar har qachon bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Ammo bir narsa bor: ularning tasnifi vaqt va millatga qarab farqlanadi. Amerikada ayolning o'rtacha balandligi 1 metr 65 sm deb hisoblanadi, erkaklar uchun esa o'rtacha 1 metr 77 sm.
Taqqoslash uchun, Xitoyda o'rtacha ayol bo'yi 1 metr 57 sm va erkaklarniki 1 metr 67 sm hisoblanadi. Shuning uchun Amerikada past bo'yli deb hisoblanishi mumkin bo'lgan odamni Xitoyda baland bo'ylilar safiga qo'shish mumkin. Ya'ni uzunlik va pastlik nisbiy tushuncha.
Bundan bir necha asrlar avval aynan past bo'yli insonlar uchun poshnalar o'ylab topilgan. Ilk paydo bo'lgan poshnalar poyabzalga o'rnatilganda o'z egalarini 45 santimetrgacha balandlatgan. Shu o'rinda bu insonlarga yana bir qulaylik tug'dirib, ularning kiyimlarini loy va ko'cha changlaridan himoya qiluvchi vosita sanalgan.
1595-yilda Qirolicha Yelizaveta I poshnali tufli kiygani hujjatlashtirilib, tarixda "birinchi poshna kiygan ayol" sifatida qayd etilgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda o'rta yoshli sog'lom erkaklar bo'yi 100 yil oldingi ajdodlariga qaraganda taxminan 5% ga past. Masalan, Janubiy Koreyada ayollarning o‘rtacha bo‘yi erkaklarnikiga nisbatan 14% foizga baland.
Dunyoda past bo'y bilan ulkan muvaffaqqiyatga erishgan insonlar ko'plab topiladi. Biz esa sizga quyida ulardan 5 tasini keltirib o'tamiz.
1. Daniel Maykl DeVito (1 metr 47 sm) — muvaffaqiyatli amerikalik aktyor, komediyachi va kinorejissyor
2. Dolly Parton (1 metr 57 sm) — Amerikalik qo'shiqchi, aktrisa
3. Lyudvig Van Betxoven (1 metr 57 sm) — nemis bastakori va pianinochisi
4. Yuriy Gagarin (1 metr 57 sm) — sovet uchuvchisi va kosmonavti bo'lib, kosmosga sayohat qilgan birinchi inson bo'ldi
5. Kevin Xart (1 metr 62 sm) — Kevin Darnell Xart - amerikalik komediyachi va aktyor
Avvalroq, 20 yoshli eronlik dunyodagi eng past bo'yli erkak sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgani haqida qiziqarli maqola e'lon qilgandik. Ushbu havolada siz uni o'qishingiz mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51210 | Инструменты