6 yoshli qiz dunyodagi eng yosh video o‘yinlar ishlab chiqaruvchisi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

6 yoshli Simar Xurana dunyodagi eng yosh video o‘yinlar ishlab chiqaruvchisi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Simar Xurana 6 yoshida bolalar uchun qiziqarli, ammo ta'lim beruvchi video o'yin yaratib, dunyodagi eng yosh video o'yin ishlab chiqaruvchisiga aylandi.

Bu yoshdagi bolalar bo'sh vaqtlarining ko'p qismini video o'yinlarda o'tkazishi tabiiy hol, ammo Kanadaning Beamsvill shahridan bo'lgan yosh qiz ularni yasashga qaror qildi. Shuning uchun u bir yildan kamroq vaqt oldin haftada uchta dars olib, kodlashni o'rgana boshladi.

Simarning otasi Paras qizining matematika va kodlash qobiliyatini payqagan.

“Simar matematikani YouTube videolarini tomosha qilish orqali mustaqil o‘rgandi”, dedi u. “Bolalar bog‘chasida o‘qib yurganida u 3-sinf matematikasini bajara oldi. U qo‘lida bor narsa bilan, ba’zan qog‘oz chiqindisidan ham hunarmandchilik narsalari va o‘yinlar yasardi.

Simar uchun kodlash sinfini topish oson bo'lmadi, chunki ko'pchilik kodlash institutlari uni yoshi tufayli qabul qilishdan bosh tortishdi. 

Shuningdek, uning YouTube’da Simar’s World deb nomlangan kanali bor, u orqali u boshqa bolalar bilan bog‘lanish va ko‘proq o‘yinlar uchun o‘z g‘oyalarini baham ko‘rish niyatida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты