ABC News: Alabama shtatidagi universitetda yuz bergan otishmada bir kishi halok bo‘ldi

Alabama shtatidagi Taskegi universitetida sodir bo‘lgan otishmada bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

“Tongdagi otishmada bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi, jumladan, talabalar yaralandi”, — deyiladi postda.

Qayd etilishicha, otishma universitet kampusida talabalarni kutib olish tadbiri vaqtida sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, jinoyat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq FQB AQSh prezidenti Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, ommaviy otishma bilan tahdid qilgan shaxsni qo‘lga olgan edi. Departamentga ko‘ra, 25 yoshli ayblanuvchi Isaak Sissel anonim maktub yo‘llab, unda u konservativ xristianlar va respublikachilarni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa amerikaliklarni otib tashlash bilan tahdid qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты