Huawei 1
Afg‘oniston SHHT a’zoligiga qabul qilinadimi?

Afg‘onistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo bo‘lish haqidagi arizasi hozircha ko‘rib chiqilmagan va assotsiatsiya kun tartibiga kiritilmagan. Bu haqda Rossiya prezidentining SHHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov brifingda ma’lum qildi.

"SHHTga aʼzo bo‘lish masalasiga kelsak, 2015-yilda bitta ariza berilgan, bu Afg‘onistonning arizasi, bu mamlakatda mavjud bo‘lgan voqeliklarni hisobga olgan holda hozircha ko‘rib chiqilmayapti",  dedi u.

Maxsus vakilning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston masalasi doimiy ravishda SHHT kun tartibida.

"Ikki tomonlama asosda aʼzo davlatlar Kobul bilan hamkorlik qiladi, har biri o‘z qoidalariga, o‘z manfaatlariga, o‘z yo‘riqnomalariga asoslanadi", deya qo‘shimcha qilgan Hakimov.

Uning taʼkidlashicha, SHHTga Ozarbayjon, Kambodja, Nepal va Armanistondan o‘z maqomini muloqot bo‘yicha hamkordan kuzatuvchiga ko‘tarish bo‘yicha arizalar tushgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты