Huawei 1
Afg’onistonda ayollar uchun birinchi va yagona fitnes-markaz ochildi

Afg’onistonning Qandahor shahrida ayollar uchun birinchi fitness-markaz ish boshladi. Shu bilan birga ushbu sport inshooti ayollar uchun yagona joy hamdir. U Mariam Durani ismli ayolga tegishli.

"Ayollar fitnez-markazi haqida eshitib juda hursand bo’lishdi. Ammo erkaklarning munosabat esa aksincha edi. Ayniqsa o’zini o’ta aqlli hisoblaydigan erkaklar meni xatto haqorat qilishgacha bordilar. Ularning fikriga ko’ra klub shariat qonunlariga qarshi ekan”, - dedi kompaniya egasi.

Aytish lozimki, Mariam oqimga qarshi birinchi marta bormayapti. Hukumat Tolibonlar qo’lidan tortib olinganidan so’ng u ayollarning huquqi uchun kurash olib bormoqda.

Fitnes-klub kuniga o’rtacha 50 nafar ayolni qabul qilishi mumkin.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Akbarjon
    -4
    Akbarjon 4 yil avval

    Juda g'alati-yu aaa... Islom Respublikasida-yaa


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110618 | Инструменты