Huawei 1
Albaniya sobiq prezidenti hibsga olindi

Albaniyaning sobiq prezidenti Ilir Meta korrupsiya bo‘yicha tergov doirasida qo‘lga olindi, deya mahalliy OAV hamda siyosatchi vakillari xabar berdi.

Alban matbuotiga ko‘ra, Meta korrupsiya, pul yuvish va mulkni yashirishda ayblanmoqda.

Sobiq prezidentning matbuot kotibi Tedi Blushi Metaning qo‘lga olinishini “jinoiy odam o‘g‘irlash” deb atagan, siyosatchining advokati esa uning mijozi barcha ayblovlarni rad etayotganini aytgan.

“Advokat boshqa tafsilotlarni keltirmadi, biroq ayblovlar korrupsiyaga aloqadorligini tasdiqladi”, deb yozadi Reuters nashri.

Mahalliy OAV maʼlumotlariga ko‘ra, siyosatchi Tiran chekkasida mashinasini haydab, matbuot anjumaniga ketayotganda qo‘lga olingan.

Ilir Meta 2017—2022-yillarda Albaniya prezidenti bo‘lgan, ungacha esa bosh vazir, tashqi ishlar vaziri va parlament spikeri lavozimlarida ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102212 | Инструменты