Huawei 1
Kolumbiya 2023 yilda rekord miqdorda kokain ishlab chiqardi

Kolumbiyadagi koka plantatsiyalari maydoni 2023 yilda 10 foizga oshib, 253 ming gektarga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi yillik hisobotida aytiladi.

Qayd etilishicha, bu rekord ko‘rsatkich bo‘lgan. Hisobotga ko‘ra, potensial kokain ishlab chiqarish hajmi 53 foizga oshgan.

BMT ekspertlari kokain ishlab chiqarish potensial miqdorini 2664 tonnaga baholamoqda.

«Bugungi kunda bir gektar kokada ikki yil oldingiga qaraganda ikki baravar ko‘p kokain ishlab chiqarilmoqda», dedi BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi mintaqaviy direktori Kendis Uels Bogotaga tashrifi chog‘ida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102214 | Инструменты