Huawei 1
Toshkent viloyatida 3 ta AYOQSHda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, Ohangaron tumanida joylashgan “D.” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSH o‘rganilganda 4 dona ming litrlik yelim idishlarda dizel yoqilg‘isi saqlanayotganligi hamda nostandart yelim idishlarga dizel yonilgisi quyish holati ainqlandi.

Shuningdek, ushbu shaxobchada sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘ldi.

Bu kabi holatlar Yangiyo‘l tumanida “S.F.B.” MChJ va Parkent tumanida "P." fermer xo‘jaligiga qarashli AYOQShlarda ham aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102214 | Инструменты